YeI Kiyevni qancha vaqt kerak bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlaydi – YeK rahbari 

Olam

image

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi Kiyevni qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu haqda uning Twitter sahifasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ursula fon der Lyayen o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan. 

Yevropa komissiyasi rahbarining aytishicha, u Zelenskiyga YeIning moliyaviy yordamini davom ettirishga, shuningdek, yaqin kelajakda uchrashuv o‘tkazishga va’da bergan.

“Biz bu qishda Ukrainani generatorlar, maktab avtobuslari bilan qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz moliyaviy yordamimizni davom ettiramiz. Tez orada oylik transhlarda 18 milliard yevrolik qo‘llab-quvvatlash paketini to‘lashni boshlaymiz. Sizni tez orada yana Ukrainada ko‘rishni orziqib kutaman”, deb yozgan u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing