YeI Ispaniyaga “soyabon” tutdi

Olam

image

Yevropa Komissiyasi AQSH Prezidenti Donald Tramp Ispaniya bilan savdo munosabatlarini to‘xtatish bilan tahdid qilganidan so‘ng Madridni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bryussel bayonotiga ko‘ra, zarurat tug‘ilsa, YeI o‘z savdo manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyor. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Mojaro Ispaniyaning AQSH armiyasiga Eronga qarshi amaliyotlarda o‘z harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermagani ortidan yuzaga kelgan. Oq uydagi chiqishida Tramp keskin nutq qilib, “biz Ispaniya bilan barcha savdoni to‘xtatamiz” deya bayonot bergan edi.

Yevrokomissiya vakili Olof Gill YeI barcha a’zo davlatlar bilan to‘liq hamjihat ekani va umumiy savdo siyosati doirasida Yevropa o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini qayd etdi. Komissiya vitse-prezidenti Stefan Sejurne ham “bir a’zo davlatga tahdid — bu butun Yevropa Ittifoqiga tahdid” ekanini urg‘ulagan.

Fransiya ham Madridning tarafini olgan. Prezident Emmanuel Makron Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan muloqot qilib, iqtisodiy bosimga qarshi Yevropa birdamligini eslatgan. Germaniya kansleri Fridrix Mers esa vaziyatni keskinlashtirmaslik zarurligini ta’kidlagan.

Vashington va Madrid o‘rtasidagi munosabatlar avvaldan ham murakkab edi. Ispaniya NATO doirasida mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha AQSH talablariga ehtiyotkor munosabat bildirib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Tramp Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing