YeI elektron sigaretalarni taqiqlamoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyasiga ko‘ra, filtrlangan sigaretalar va elektron sigaretalarni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bild”  xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu taklif joriy yilning 17-22 noyabr kunlarida Jenevada bo‘lib o‘tadigan JSST konferensiyasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan. YeI kengashi JSST tavsiyasiga ko‘ra, ish yuritish haqida qaror qabul qilgan.

“Filtrlangan sigaretalar ishlab chiqarish, olib kirish, tarqatish va sotishni taqiqlash tamaki nazoratiga muhim hissa qo‘shadi. Eklektron sigaretalarni taqiqlash ham qo‘shimcha tartibga solish variantidir”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, YeI tamaki, nikotin iste’moli va giyohvandlikni kamaytirish uchun elektron sigaretalarni hatto do‘konlar va yoqilg‘i quyish shoxobchalarda ham sotishni taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, JSSTning tamaki mahsulotlarini tartibga solish bo‘yicha ishchi guruhning hisobotida sigaretaning ta’mi va jozibadorligini pasaytiradigan filtrlarni taqiqlash ham tavsiya etilgan.

Taklif etilayotgan chora-tadbirlar YeIdagi tamaki bozori va tegishli qoidalar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birgina Germaniyada sigaretaning taxminan 95 foizi filtrlardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo bo‘ylab 100 mln odam, jumladan, 15 mln o‘smir sigareta chekishi ma’lum bo‘lgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

JSST EI elektron sigaret

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing