YeI Belarusga nisbatan navbatdagi sanksiyalar paketini qabul qildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi kengashi bugun, 2 dekabr kuni chegaradagi migratsiya inqirozi munosabati bilan Belarusga qarshi sanksiyalarning beshinchi paketini tasdiqladi. Bu haqda YeI kengashi tarqatgan bayonotida aytiladi. 

“Yevropa Ittifoqi Kengashi Belorussiyaning migrantlarni Yovropa Ittifoqi davlatlariga bosim o‘tkazishga qaratilgan gibrid harakatlari munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi individual taqiqlovchi chora-tadbirlarning beshinchi paketini ma’qulladi”, deyiladi bayonotda. 

Yangi sanksiyalar paketiga 30 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan Belavia aviakompaniyasi ham kiritilgan. U endi Yevropa kompaniyalari ijaraga olgan samolyotlardan foydalana olmaydi. 

Ushbu chora Belavia kompaniyasining Belarusdagi ko‘p sonli odamlarni inqiroz zonalaridan YeI mamlakatlariga ko‘chirib o‘tkazishining oldini olish uchun tayinlangan. Shuningdek, muhojirlarni Belarusga olib o‘tishda pul ishlab topuvchi Suriyaning Cham Wings aviakompaniyasi ham sanksiyalar ostida qoladi.

Yevroittifoqning Belarusga qarshi sanksiyalarining beshinchi to‘plami 11 yuridik shaxsga nisbatan cheklovlarni nazarda tutadi.

Ma’lumot o‘rnida, bir necha hafta davomida minglab muhojirlar Belarus chegarasini kesib o‘tib, Yevropa Ittifoqiga kirishga harakat qilmoqda. Bryussel Belarus hukmdori Lukashenkoni inqirozli hududlardan migrantlar oqimini ataylab Minskka yo‘naltirishda, keyin esa G‘arbdagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida ularni Yevropa Ittifoqiga olib kirishda ayblamoqda. Belarusga qo‘shni Yevropa Ittifoqi davlatlari muhojirlarni to‘xtatish uchun o‘zlarining sharqiy chegaralarida sim to‘siqlar o‘rnatgan. 

So‘nggi kunlarda Polsha-Belarus chegarasida vaziyat biroz barqarorlashgan.  Biroq tungi vaqtda migrantlarning kichik guruhlari chegaradagi tikanli simlardan o‘tib, Polshaga kirishga urinishda davom etmoqda. Polsha chegara xizmati 30 noyabrga o‘tar kechasi Belarusdan 134 marta chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinish bo‘lganini ma’lum qildi. 

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri deyarli sakkiz ming muhojir Belarus orqali Yevropa Ittifoqiga ko‘chib o‘tgan. Ulardan 4300 tasi Litvaga, 3200 tasi Polshaga va 400 dan ortig‘i Latviyaga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing