YeI Armanistondan Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni talab qildi

Olam

image

G‘arblik hamkorlar Yevropa Ittifoqiga bo‘lajak safarlarni liberallashtirishning oldingi sharti sifatida Armanistondan Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni talab qilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Hraparak.am” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bryussel bu qadamsiz YeI va Armaniston o‘rtasida vizasiz rejim bo‘yicha muloqotni o‘rta muddatli istiqbolda boshlash imkonsiz ekanini qayd etgan. 

“Qolaversa, ular bu shart bajarilganidan so‘ng bir necha yil o‘tib YeI Armaniston uchun viza rejimini liberallashtirishi mumkin bo‘lgan yagona oldingi shart ekanini da’vo qilishmoqda”, deyiladi xabarda.

Viza masalasidan tashqari, g‘arblik hamkorlar kadrlar tashabbuslarini ham ilgari surmoqda. Manbaning bildirishicha, talablar orasida Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Armen Grigoryanni kuch tuzilmalaridagi asosiy lavozimlardan biriga tayinlash ham bor. 

“G‘arb Mudofaa vazirligi yoki Milliy xavfsizlik xizmatiga “o‘z odami”ni yuborishni taklif qilmoqda”, deb yozadi nashr.

Joriy yilning 1 sentyabr kuni Vladimir Putin va Nikol Pashinyan Bishkekda SHHT sammiti doirasida uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish niyati va bu qarorning Rossiya bilan munosabatlarga ehtimoliy ta’siri bo‘ldi.

O‘z navbatida, Pashinyan ham Armaniston Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini bildirgan. U Yerevanning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga intilishi Rossiya va YeOII bilan mavjud kelishuvlarni buzmaydi, deb hisoblashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan endi Rossiyani “strategik sherik” deb hisoblamasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing