YeI Apple'ga nisbatan tekshiruv boshladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Amerikaning Apple kompaniyasiga nisbatan ittifoqning yirik onlayn-platformalari uchun yangi qoidalarni buzish ehtimoli bo‘yicha tergov boshladi. Bu haqda YeI rasmiy bayonot berdi.

Bildirilishicha, tekshiruvlar, asosan, Apple'ning xususiy ilova ichidagi xarid tizimidan majburiy foydalanishi, iPhone va iPad egalarini ilovalardan tashqari muqobil arzonroq bo‘lgan xarid qilish imkoniyatlari haqida xabardor qilish qobiliyatiga qo‘llanilayotgan cheklovlar bilan bog‘liq. Tekshiruvlar Spotify va elektron kitob hamda audiokitob tarqatuvchisi tomonidan App Store qoidalarining raqobatga ta’siri bo‘yicha alohida shikoyatlar yuzasidan olib borilmoqda.

“Ishlab chiquvchilar hamjamiyati va iste’molchilar App Store'ning muqobil variantlariga katta qiziqish bildirmoqda. Biz Apple bu harakatlarga putur yetkazmasligi uchun tekshiruv o‘tkazamiz”, dedi Yevropa Ittifoqining raqobat siyosati bo‘yicha komissari Margret Vestager.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Apple tomonidan 2024 yilning mart oyida joriy qilingan ishlab chiquvchilar uchun asosiy texnologiya to‘lovining (CTF) mutanosibligiga shubha bilan qaramoqda. U yil davomida har bir ilovaning birinchi marta o‘rnatilishi uchun 50 yevro sentini tashkil qiladi va 1 chegaradan oshib ketganidan keyin undiriladi. Agar ishlab chiquvchilar o‘z ilovalarini faqat Apr Store orqali tarqatishda davom etsa, yangi to‘lov olinmaydi.

Tergov boshlanganiga javoban Apple Yevropa Ittifoqidagi qonunlarni buzmayotganiga ishonchi komilligini bildirdi. Agar kompaniya qonunga rioya qilmaganlikda aybdor deb topilsa, u global yillik sotuvlar hajmining 10 foizigacha, takroriy qoidabuzarliklar uchun esa 20 foizgacha jarimaga tortilishi mumkin.

O‘z navbatida, Apple Yevropa komissiyasining shubhalarini rad etdi. Kompaniya so‘nggi oylarda Yevropaning yangi  qoidalariga rioya qilish uchun bir qator o‘zgarishlar kiritganini aytdi.

“Amalga oshirayotgan rejamiz YeI qonunlariga mos kelishiga aminmiz”, degan kompaniya rasmiylari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iPhone ekraniga o‘zgartirish kiritmoqchiligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi iPhone Apple iPad Margret Vestager

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing