YeCHL: “Real” va Ronaldu musobaqadan chiqarib yuborildi

Sport

image

Kecha, 7 avgust kuni uzoq tanaffusdan keyin Yevropa Chempionlar ligasi bahslari qayta boshlandi. Musobaqa 1/8 finalining birinchi o‘yini o‘tkazilib, javob o‘yini qolib ketgandi.

Chempionat “Manchester Siti” va “Real” bahslari bilan boshlandi. Parallel ravishda “Yuventus” va “Lion” juftligi o‘yini ham bo‘lib o‘tdi.

Tanaffusdan keyingi yevrokubok bahsida ingliz klubi “Real”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Gollarga Sterling (9), Gabriel Jezus (68) – Benzema (28) mualliflik qildi.

Birinchi o‘yinda ham qirollik klubi inglizlarga 2:1 hisobi bilan mag‘lub bo‘lgandi. Natijada “Real” 11 yil deganda ilk bor ushbu musobaqaning pley-off bosqichida har ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

“Yuventus”-“Lion” bahsida turinliklar 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Ammo bu italyan klubiga chorak finalga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi. Negaki birinchi uchrashuvda fransuz klubi 1:0 hisobi bilan ustunlikka erishgandi.

Gollarga Krishtianu Ronaldu (43, 60 daqiqalarda) va Memfis Depay (12 daqiqada) mualliflik qildi.

Endilikda “Lion” “Manchester Siti” bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi

Baholaganlar

472

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing