YeCHL pley-off o‘yindan so‘ng ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Sport
−
12:18 843 1 daqiqa
Kecha, 26 avgust kuni Chempionlar ligasi pley-off bosqichining “Lion” va “Fenerbahche” jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi.
Janjalga turk klubi yarim himoyachisi Matteo Genduzi sabab bo‘lgan. U “Lion”ning ashaddiy raqibi “Marsel”ni qo‘llab-quvvatlab, fransuz muxlislariga ishoralar qilgan va shiorlar aytgan.
“Lion” muxlislari futbolchi tomon yorib kirishga uringan, ammo buning uddasidan chiqishmagan. Shundan so‘ng Fransiya klubining darvozabonlar murabbiyi Genduziga hujum qilgan. Bu esa tunnelda ommaviy mushtlashuv boshlanishiga olib kelgan.
Ma’lumot uchun, uchrashuvda “Fenerbahche” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa, Istanbul klubi umumiy 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘l oldi.
Live
Barchasi