YeCHL guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Jorjino – mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Sport

image

Bugun, 26 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra yangi mavsumning ishtirokchilari o‘z raqiblarini bilib oldi.

  • “A” guruhi: “Manchester Siti”, PSJ, “Leypsig”, “Bryugge”;
  • “V” guruhi: “Atletiko Madrid”, “Liverpul”, “Portu”, “Milan”;
  • “S” guruhi: “Sporting”, “Borussiya Dortmund”, “Ayaks”, “Beshiktosh”;
  • “D” guruhi: “Inter”, “Real Madrid”, “Shaxtyor”, “Sheriff”;
  • “Ye” guruhi: “Bavariya”, “Barselona”, “Benfika”, “Dinamo Kiyev”;
  • “F” guruhi: “Vilyarreal”, “Manchester Yunayted”, “Atalanta”, “Yang Boys”; 
  • “G” guruhi: “Lill”, “Sevilya”, “Zalsburg”, “Volfsburg”;
  • “H” guruhi: “Chelsi”, “Yuventus”, “Zenit”, “Malmyo”.

Bundan tashqari bir qator nominatsiyalar bo‘yicha mavsumning eng yaxshilari taqdirlandi.

Daniya terma jamoasi sardori Simon Kyayer hamda bir guruh shifokorlarga Kristian Eriksen hayoti saqlab qolingani uchun UEFA prezidentining maxsus sovrini topshirildi.

“Chelsi” darvozaboni Eduard Mendi eng yaxshi darvozabonga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi. “Manchester Siti” futbolchisi Ruben Diash mavsumning eng yaxshi himoyachisi, deb topildi. “Chelsi” futbolchisi Ngolo Kante eng yaxshi yarim himoyachi sifatida tan olingan bo‘lsa, “Borussiya Dortmund” to‘purari Erling Xoland mavsumning eng yaxshi hujumchisi sovriniga loyiq ko‘rildi. Tomas Tuxel (“Chelsi”) esa eng yaxshi murabbiy sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, UEFA talqiniga ko‘ra, “Chelsi” futbolchisi Jorjino eng yaxshi futbolchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Undan tashqari Kevin De Bryuyne va Ngolo Kante ham sovringa da’vogarlik qilayotgan edi.

Ma’lumot uchun, guruh bahslariga 14 sentyabr kuni start beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Real EChL PSJ Bavariya Jorjin'o Man Siti Qur'a

Baholaganlar

167

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing