YeCHL finalida “Real” darvozasini kim qo‘riqlaydi?

Sport

image

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Real” safida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.  Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid”dagi hamma, jumladan Andrey Lunin ham Kurtuani dunyoning eng yaxshi darvozaboni ekanligini tan oladi. Shu boisdan klub rahbariyati Tibo o‘ynashga tayyor bo‘lganda uni zaxirada qoldirmaslik kerak, deb hisoblamoqda.

Madridda Luninni ham hurmat qilishadi va u so‘nggi paytlarda futbolchi sifatida ancha o‘sdi. “Real” Andreydan Kurtua jarohat olganida ko‘rsatgan ishonchli o‘yini uchun minnatdor. Shu munosabat bilan madridliklar Lunin bilan maoshini oshirgan holda yangi shartnoma imzolaydi.

Garchi Karlo Anchelotti va uning shtabi so‘nggi paytlarda Lunin ko‘proq ishonayotgan bo‘lsa ham, Kurtua finalni asosiy tarkibda boshlash uchun asosiy nomzod bo‘lib qolaeradi.

Qayd etish joiz, joriy yilning 4 may kuni Kurtua mavsumdagi ilk o‘yinini – “Kadis”ga qarshi o‘tkazdi (3:0). Jarohatlari tufayli u 335 kun maydonga tusha olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Tibo Kurtua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made