YeCHL finalida “Real” darvozasini kim qo‘riqlashi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) final bahsida Madridning “Real” klubi darvozasini belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua qo‘riqlaydi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, garchi posbon “Vilyarreal”ga qarshi bahsda darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham, Anchelottining qarori o‘zgarmagan. Tibo La Liga oxirgi turi doirasidagi “Betis”ga qarshi uchrashuvda va YeCHL finalida maydonga tushadi.

Mavsum davomida “qirollik klubi”ning aksariyat o‘yinlarida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa ham ukrainalik posbon Andrey Lunin “qaymoqranglilar”ning mavsum so‘nggidagi ikki o‘yinini zaxirada kuzatadi.

Ma’lumot uchun, Madrid klubining “Betis”ga qarshi o‘yini 26 mayga, YeCHL finali doirasidagi “Borussiya” bilan bahsi esa 2 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Tibo Kurtua Andrey Lunin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing