YeCHL: “Bavariya”da ishonchli g‘alaba, “Barsa”da esa durang

Sport

image

Bugun, 26 fevral kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichining navbatdagi ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Barselona” Italiyada “Napoli” mehmoni bo‘ldi. “Chelsi” esa Germaniya granti “Bavariya”ni qabul qildi.

“Barselona” va “Napoli” qarama qarshiligi 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Gollarga Mertens va Grizmann mualliflik qildi.

“Chelsi” - “Bavariya” qarama-qarshiligi gollarga boy bo‘ldi. Nemis klubi “aristokratlar” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Gollarning ikkitasi Gnabri va biri Levandovski hisobiga yozildi

Bu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 18 mart kuni o‘tkaziladi.

Napoli – Barselona 1:1
“San-Paolo”
Gollar: Mertens (30) – Grizmann (57).
Napoli: Ospina, Maksimovich, Mariu Ruy, Di Lorenso, Manolas, Zelinski, Fabian Ruis, Insine, Demme (Allan, 80), Kalexon (Politano, 74), Mertens (Milik, 54). 
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Semedu, Pike (Langle, 90+3), Firpo, de Yong, Vidal, Rakitich (Artur, 56), Buskets, Grizmann (Fati, 88), Messi.
Ogohlantirishlar: Buskets (49), Insine (61), Messi (66), Grizmann (83), Vidal (89), Ruy (89).
Chetlatish: Vidal (89).

Chelsi – Bavariya 0:3
“Stemford Brij”
Gollar: Gnabri (51, 54), Levandovski (76).
Chelsi: Kabalero, Alonso, Ryudiger, Kristensen, Jeyms, Barkli (Villian, 61), Jorjino, Maunt, Kovachich, Aspilikueta (Pedro, 73), Jiru (Abraham, 61). 
Bavariya: Noyer, Boateng, Alaba, Pavar, Kimmix, Gnabri (Tolisso, 85), Devis, Alkantara (Goretska, 90), Koman (Koutino, 66), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Alkantara (45), Jorjino (49), Kimmix (49).
Chetlatish: Alonso (83).


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing