YeCHL: “Bavariya” “Barselona”ni yanchib tashladi

Sport

image

Kecha, 14 avgust kuni Yevropa Chempionlar ligasining chorakfinali doirasida “Bavariya” va “Barselona” klublari o‘zaro kuch sinashdi. Natija “Barselona” uchun sharmandali bo‘ldi. 

Nemis klubi kataloniyaliklar darvozasiga 8 ta gol urdi. “Barselona” bunga 2 ta gol bilan javob qaytardi. Uning bittasi ham avtogol.

O‘yining birinchi bo‘limi to‘liq “Bavariya”ning ustunligi ostida o‘tdi. Nemislar ilk to‘rt golni o‘yinning dastlabki 31 daqiqasida urdi. Tomas Myuller dubl qayd etgan bo‘lsa, Ivan Perishich va Serj Gnabrilar bittadan golni hisobiga yozib qo‘ydi. 

7-daqiqada esa David Alaba o‘z darvozasiga gol urdi. Ikkinchi bo‘lim avvaliga Suares hisobni biroz qisqartirgandi, ammo 63-daqiqada Kimmix Devisning reydidan so‘ng hisobni yana yirik ko‘rinishga keltirdi, ya’ni 2:5.

O‘yinning keying daqiqalarida faqat “Bavariya” futbolchilari gol urdi. Koutino dubl qayd etgan bo‘lsa, Levandovskiy ham bitta gol urdi. 

Eslatib o‘tamiz, yarimfinalda “Bavariya” “Manchester Siti” yoki “Lion”ga qarshi o‘ynaydi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing