YeCHL 3-tur bahslari yakuniga yetdi. Natijalar bilan tanishing

Sport

image

Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan barcha bahslar yakuniga yetdi. Quyida kecha, 4 noyabr kuni o‘tkazilgan o‘yinlarning hisoblari bilan tanishishingiz mumkin

E guruhi

“Chelsi” - “Renn” 3:0

“Chelsi” o‘z maydonida “Renn”ni qabul qildi. Londondagi o‘yin maydon egalarining to‘liq ustunligida o‘tdi. Shu kuni “aristokratlar” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Timo Verner va Temmi Abraxam kiritdi.

“Sevilya” - “Krasnodar” 3:2

“Sevilya” o‘z maydonida “Krasnodar”ni qabul qildi. Ispaniyadagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 3:2 hisobida maydon egalari g‘olib chiqdi. “Sevilya”ning gollarini Ivan Rakitich va Yussef En-Nesiri kiritdi, “Krasnodar” safida Magomed-Shapi Suleymanov va Markus Berg o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

F guruhi

“Zenit” - “Latsio” 1:1

“Zenit” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi. “Gazprom Arena”da kechgan o‘yinda kuchlar teng keldi – 1:1. Mezbonlar safida Aleksandr Yeroxin, mehmonlar safida esa Felipe Kaysedo gol muallifi bo‘ldi.

“Borussiya” Dortmund - “Bryugge” 0:3

“Borussiya” Dortmund safarda “Bryugge” mehmoni bo‘ldi. Torgan Azar va Erling Xoland tomonidan kiritilgan gollar yakunda nemis grandiga 0:3 hisobida g‘alaba keltirdi.

G guruhi

“Barselona” – “Dinamo Kiyev” 2:1

“Barselona” Kamp Nouda “Dinamo Kiyev”ni qabul qildi. Uchrashuvda kataloniyaliklar ukrainlarni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alaba bilan “Barsa” hisobidagi ochkolar 9 taga yetdi va birinchi davrani 100 foizlik natija bilan yakunlashi ma’lum bo‘ldi.

“Ferensvarosh” – “Yuventus” 1:4

Uchinchi turning yana bir o‘yini “Ferensvarosh” va “Yuventus” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yinda turinliklar 1:4 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lag kiritdi.

Ushbu g‘alaba orqali "keksa senora" hisobidagi ochkolar soni 6 taga yetdi va “Barselona”ni quvishda davom etadigan bo‘ldi. 

H guruhi

“RB Leypsig” – PSJ 2:1

Fransiya grantini qabul qilgan “Leypsig” murakkab bahsda 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab, Di Mariyaning tezkor goli bilan oldinga chiqib olgan parijliklar, keyinchalik o‘z darvozasidan 2 ta gol olib chiqishga majbur bo‘ldi. Kristofer Nkunku kuchli zarbasi bilan tarozi pallalarini tenglashtirgan bo‘lsa, Emil Forsberg penaltidan jamoasiga 3 ochko keltirgan golni kiritdi.

E’tiborlisi, mehmonlar safida Idrissa Geye hamda Presnel Kimpembe ikkitadan sariq kartochka ishlab olib, maydondan chetlatildi. Shuningdek, 16-daqiqada Anxel Di Mariya penaltidan gol ura olmadi. Uning zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

“Istanbul Beshekshexir” – “Manchester Yunayted” 2:1

Turkiyada mehmon bo‘lgan mankunianliklar 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. O‘yindagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab Denba Ba va Vishcha mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, taym so‘nggida Marsyal hisobdagi farqni qisqartirdi. Ikkinchi taymda esa jamoalar aytarli xavfli vaziyat tashkil qilishmadi. Mag‘lubiyatga qaramasdan MYU 3 turdan so‘ng olti ochko to‘plab guruh peshqadamligini saqlab qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

EChL futbol

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing