YeCHL: 1/8 finalning dastlabki o‘yinlarida favoritlar mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 19 fevral kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Har ikki o‘yin ham kichik hisobdagi g‘alaba bilan yakunlandi.

"Atletiko" – "Liverpul" jamoalari qarama-qarshiligida mezbonlar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi. O‘yindagi yagona golga Saul Niges mualliflik qildi.

"Borussiya" Dortmund – "PSJ" o‘yintda 3 ta gol urildi. "Borussiya" maydonida kechgan o‘yinda Erling Holandning dubli nemislarga g‘alaba keltirdi. Mehmonlardan javob goliga Neymar mualliflik qildi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinlari 12 mart kuni o‘tkaziladi.

YeCHL, 1/8 final, 18 fevral

Atletiko – Liverpul 1:0
"Vanda Metropolitano"
Gol: Saul (4).
Atletiko: Oblak, Lodi, Savich, Felipe, Vrsalko, Saul, Koke, Lemar (Lorente, 46), Tomas, Korrea (Kosta, 77), Morata (Vitolo, 70). 
Liverpul: Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Fabino, Henderson (Milner, 80), Veynaldum, Mane (Origi, 46), Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 72), Firmino.

Ogohlantirishlar: Mane (40), Korrea (45), Gomes (59).

Borussiya D – PSJ 2:1
"Signal Iduna Park"
Gollar: Holand (69, 77) – Neymar (75).
Borussiya D: Byurki, Zagadu, Hummels, Pishchek, Hakimi, Vitsel, Gerreyru, Sancho (Shmelser, 90), Jan, Azar (Reyna, 68), Holand. 
PSJ: Navas, Myone, Kurzava, Tiago Silva, Markinos, Verratti, Guye, Di Mariya (Sarabiya, 77), Kimpembe, Neymar, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Vitsel (44), Guye (54), Neymar (60), Myone (87), Verratti (89).


Maqola muallifi

Teglar

EChL Atletiko Liverpul'

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing