Yashnobodda beshta avtomobil to‘qnashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Kecha, 17 oktyabr kuni soat 10:45 da 102 raqamiga Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida besh nafar avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi.

Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan. Masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: Nexia rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., Cobalt rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., Captiva rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va Nexia rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A. 

Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing