Yashnobodda avtomobil ustaxonasi yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun kuni Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko‘chasidagi avtomobil shinalarini ta’mirlash ustaxonasi yonib ketdi. Bu haqda Davlat Yong‘in xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Yong‘in haqida soat 10:07 da Toshkent shahar YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga xabar tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Yong‘in soat 10:31 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan ustaxona binosining 15 kv.metr maydoni saqlab qolingan va qo‘shni binolarga alanga o‘tib ketishi oldi olingan.

3

Yong‘inda halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida ustaxonaning ichki va tom qismining  25 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yashnobod

Baholaganlar

12

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing