Yashnobod, Sergeli va Chilonzorning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoladi
Jamiyat
−
17 aprel 2019
4878Toshkent shahridagi gaz ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Yashnobod, Sergeli va Chilonzor tumanlaridagi ayrim aholi hududlari hamda maishiy ob’ektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimiyati Matbuot xizmati xabar berdi.
Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan manzilgohlar ro‘yxati, sanasi va vaqti:
18 aprel kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha Yashnabod tumani “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 30 ta yakka tartibdagi xonadonda;
18 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Sergeli tumani 5 A mavzesidagi 47 ta ko‘p qavatli uyda;
19 aprel kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod” va “Tirsakobod” mahallalari hamda Gavhar ko‘chasidagi xonadonlar va maishiy-kommunal ob’ektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
"Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali keltiriladigan noqulaylik uchun uzr so‘raydi", deyiladi xabarda.