“Yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar tuman va shaharlar uchun ham joriy qilinadi
Jamiyat
−
07 may 2020
9458O‘zbekistonda viloyatlarda joriy qilingan “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalari shahar va tumanlar uchun ham joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda ta’kidlandi.
“Sariq” va “qizil” toifadagi viloyatlarda kasallik umuman aniqlanmagan tumanlar ham borligini inobatga olish lozim. Xuddi shunday, ertaga “yashil” viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash bo‘yicha topshiriq berildi.
Ma’lumot uchu, hozirda Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari "yashil", Toshkent shahri, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari "sariq" qolgan viloyatlar "qizil" toifaga kiritildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15