Yaroslavlda neftni qayta ishlash zavodiga dron hujumi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 29 yanvar kuni Rossiyaning Yaroslavl viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektiga Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi marta dron hujumi uyushtirildi. Bu haqda viloyat gubernatori Mixail Yevrayev ma’lum qildi.

“Elektron urush tizimi Yaroslavl viloyatidagi Slavneft-YANOS neftni qayta ishlash zavodiga hujumning oldini oldi. Hech kim jabrlanmadi, yong‘in bo‘lmadi”, deydi Yevrayev.

Rossiya Mudofaa vazirligi hozircha voqea yuzasidan izoh bermadi.

Ma’lumot uchun, Novo-Yaroslavl neftni qayta ishlash zavodi 1961 yilda ishga tushirilgan. 1995 yildan beri u "Slavneft" neft kompaniyasi tarkibiga kiradi. 

"Slavneft-YANOS" hozirda Rossiya Federatsiyasining neft mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik korxonalaridan biri bo‘lib, uning o‘rtacha ishlab chiqarishi yiliga 15 million tonna neftni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvarga o‘tar kechasi urush boshlanganidan beri birinchi marta Rossiyaning Leningrad viloyatiga dron uchirilgandi. O‘shanda mahalliy nashrlar qanotlarining uzunligi olti metrgacha bo‘lgan samolyot tipidagi dron Sankt-Peterburgdagi neft terminalini nishonga olganini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Yaroslavl' neftni qayta ishlash zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing