Yarim tungacha ishlashi aytilgan metro yana to‘xtab qoldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 28 avgust kuni Toshkent metropolitenida poyezd to‘xtab qolgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Holat bo‘yicha metropoliten Matbuot xizmati izoh berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, soat 14:35 da Oybek va Toshkent bekatlari oralig‘ida elektropoyezd mashinisti harakat tarkibida nosozlikni sezib, tegishli yo‘riqnomaga asosan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida elektropoyezdni to‘xtatgan.

Ortidan kelayotgan poyezd yo‘lovchilarni Oybek bekatida qoldirib, yordam tariqasida yetib kelgan. Nosoz poyezd yo‘lovchilari Toshkent bekatiga tushurib, texnik ko‘rikka yuborilgan.

Qayd etilishicha, holatni bartaraf etish vaqti 9 daqiqani tashkil etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar poyezd ichida qariyb yarim soat qamalib qolgani aytilgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 30 avgustidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosida birinchi marta nosozlik kuzatilmayapti. O‘tgan davr mobaynida metro poyezdlarining harakat vaqtida to‘xtab qolishi, manzilga yetmay yo‘lovchilarni tushurib yuborishi yoki yurib ketayotgan poyezd eshiklarining ochilib ketishi kabi holatlar ro‘y bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing