Yarim milliard odam o‘ta qashshoqlik xavfi ostida – JSST 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Jahon banki pandemiya davrida sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar tufayli yarim milliarddan ortiq odam o‘ta qashshoqlik xavfi ostida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda JSST e’lon qilgan tashkilotlar hisobotlarining press-relizida aytiladi.  

“Odamlar tibbiy xizmatlar uchun o‘z cho‘ntagidan pul to‘lashi kerak bo‘lgan vaziyat yarim milliarddan ortiq odamni o‘ta qashshoqlik holatiga olib keladi”, deyiladi nashrda. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki pandemiya tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatdi va butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimlarida ortiqcha stressni keltirib chiqardi, degan xulosaga kelgan. Shu sababli, tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta aholini immunizatsiya bilan qamrab olish kamaygan, sil va bezgakdan o‘lim ko‘paygan. 

“Barcha hukumatlar zudlik bilan yangilanishi va har bir fuqaroning moliyaviy ta’sirlardan qo‘rqmasdan tibbiy yordam olishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni tezlashtirishi kerak”, degan JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus. 

U davlatlarga birlamchi tibbiy yordam tizimlariga e’tibor qaratgan holda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini oshirishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST qashshoqlik

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing