Yaponlar yanada ko‘proq mehnat qilish maqsadida ekzoskeletlardan foydalanishni boshladi
Texnologiya
−
16 dekabr 2019
4958Yaponiyalik keksa kishilar qarilikda ham mehnat qilish maqsadida ekzoskeletlardan foydalanishni boshlashdi. Qurilma og‘ir yuk ko‘tarishni osonlashtiradi hamda umurtqa, oyoq va qo‘llarga bosim tushishining oldini oladi. Bu haqda New Scientist xabar bermoqda.
Jurnalistlarning taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, ekzoskeletlar texnologik kompaniyalarning keksa kishilar uchun ishlab chiqayotgan mahsulotlaridir. Masalan, Innophys firmasi ryukzak shaklida kostyum ishlab chiqdi. Uni qo‘lda quvvatlantirsa bo‘ladi. U mushaklarni baquvvatlashtirishga ixtisoslashgan.
Tayyor qurilmalar 24 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni bemalol ko‘tarishga yordam beradi. Har bir qurilmaning narxi 1300 dollar turadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qurilmalarni oilaviy xarid qilayotganlar ham uchramoqda. Ana shunday oilalardan birining boshlig‘i – 70 yoshga kirishiga qaramay ekzoskelet yordamida og‘ir ishlarni bemalol bajarmoqda.
Yaponiya jahondagi keksa yoshli fuqarolari eng ko‘p bo‘lgan davlat hisoblanadi. Amerikaning aholini tadqiq etish byurosining 2015 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, kunchiqar mamlakatida 65 yoshdan oshgan kishilar 26 foizni tashkil etgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li