Yaponiyaning janubi-g‘arbida vulqon otildi
Olam
−
17 Sentabr 2021
3312Bugun, 17 sentyabr kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbiy Suvanose orolida vulqon otildi. Bu haqda Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, TACC xabar bermoqda.
Kraterdan 1 km radiusda vulqon jinslarining chiqishi qayd etilgan. Seysmologlar orolda vulqon harakatining davom etishi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda. Shu sabab tumanda 5 balli shkaladagi xavfning uchinchi darajasi e’lon qilingan. Bu esa ayni vaqtda orolga kamida 2 km masofagacha yaqinlashib bo‘lmaydi deganidir.
Hozirda qurbonlar va vayronagarchiliklar qayd etilmagan. Eng yaqin qishloq oroldan 4 km uzoqda joylashgan. Unda 80ga yaqin odam istiqomat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Suvanose-Kagosima – Kagosima shahridan 230 km janubi-g‘arbda joylashgan kichik orol. U yerda oxirgi marta vulqon iyun oyida otilgan.
LiveBarchasi