Yaponiyalik professor TDTU prorektori bo‘ldi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2020
6634Toshkent davlat texnika universitetining xorijiy prorektori lavozimiga Nagoya universitetining professori Nishiyama Kiyoxisa nomzodi tavsiya qilindi va 2020 yilning 11 mayidan boshlab xorijiy prorektor lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Nishiyama Kiyoxisa dastlab o‘z ish faoliyatini on-line tarzda boshlab, universitetning 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv jarayonining mas’ul xodimlariga Nagoya universiteti tajribasi asosida kredit-modul tizimi bo‘yicha onlayn tarzda seminar-treninglar olib bordi.
O‘zbekistonda 2020 yilning 15 avgustidan so‘ng karantin choralarining yumshatilishi hamda xorijiy davlatlarga charter reyslar sonining oshishi natijasida Nishiyama Kiyoxisa 2020 yilning 14 sentyabr kuni Toshkent shahriga yetib keldi va o‘z faoliyatini boshladi.
Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi va professor-o‘qituvchilari bilan xorijiy prorektor Nishiyama Kiyoxisani tanishtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nishiyama Kiyoxisa so‘zga chiqib, o‘zining maqsad va rejalarini batafsil bayon qildi.
LiveBarchasi