Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda

Olam

image

Yaponiyadagi kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rasmiylar jiddiy zarar va ko‘plab qurbonlar haqida ogohlantirmoqda – fojia ko‘lami qutqaruvchilar jabrlangan hududlarga yetib borgach, baholanadi. 

Dushanba kuni Yaponiyaning markaziy qismida, Isikava prefekturasidagi Noto yarim oroli yaqinida 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Ko‘plab binolar vayron bo‘lgan, o‘n minglab odamlar elektr ta’minotisiz qolgan.

Yaponiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 97 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilish buyurilgan.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaning aytishicha, eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarga olib boruvchi asosiy yo‘llar bo‘rondan jiddiy zarar ko‘rgan, bu esa harbiylarning qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmoqda.

“O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari falokatdan zarar ko‘rgan hududlarga yetib borishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi, chunki yo‘llar uzilib qolgan, biroq binolar qulashidan oldin binolar ichida qolgan odamlarni imkon qadar tezroq qutqarish kerak”, deydi u.

Zilziladan so‘ng rasmiylar Icikavada sunami xavfi borligini e’lon qildi, ammo keyinchalik barcha ogohlantirishlar bekor qilindi.

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni ertalabdan beri Yaponiyada turli magnitudali 155 ta zilzila sodir bo‘ldi, ular orasida 7,6 magnitudali asosiy silkinish ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing