Yaponiyadagi barcha Toyota zavodlari yopildi
Olam
−
29 avgust 2023
17202Yaponiyadagi 14 ta Toyota zavodining hammasi tizimdagi nosozlik tufayli to‘xtatildi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Aytilishicha, dastlab, faqat Fukuoka va Kioto prefekturalarida joylashgan ikkita zavod ishlashni davom ettirgan. Biroq Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutoshi Nishimura Toyota'ning barcha – 14 ta zavodi ishni to‘xtatganini ma’lum qilgan. Muvaffaqiyatsizlik sabablari, shuningdek, tiklanish vaqti haqida xabar berilmagan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu bosqichda tizimning ishlamay qolishi kiberhujum hisoblanmaydi.
Nikkei ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi uzilishlar tufayli ehtiyot qismlarga buyurtmalarni ko‘rib chiqa olmayapti.
"Biz sababini aniqlash va tizimni tiklash ustida ishlaymiz", degan kompaniya vakili.
Ma’lumot uchun, Yaponiyadagi 14 korxona Toyota global ishlab chiqarishining qariyb uchdan bir qismini tashkil qiladi. 2023 yilning birinchi yarmida ular kuniga o‘rtacha 13,5 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqargan. O‘tgan yil davomida kompaniya majburiy to‘xtashlarni boshdan kechirgan. Kiberhujum oqibatida Toyota ehtiyot qismlarga buyurtma bera olmagan va avtomobil yig‘ishni davom ettirish uchun zaxira tarmog‘idan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. 2023 yilning birinchi yarmida yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi rekord darajadagi 5,63 million Toyota, Daihatsu va Hino avtomobillarini ishlab chiqardi. O‘sish yillik hisobda 10,3 foizni tashkil etgan, ishlab chiqarish Yaponiyadagi zavodlarda ham, mamlakat tashqarisida joylashgan zavodlarda ham oshgan. Toyota Motor'ning global sotuvi, o‘z navbatida, 2023 yilning birinchi yarmida 5,5 foizga o‘sib, 5,42 million avtomobilga yetgan.
LiveBarchasi