Yaponiyada zilziladan so‘ng sunami xavfi e’lon qilindi

Olam

image

Yaponiyada mamlakatning shimoli-sharqida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgach, sunami xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Yaponiyaning meteorologiya agentligi (JMA) xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 6,9 magnitudali silkinishlar mahalliy vaqt bilan soat 17:03 da dengiz tubidan taxminan 20 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.

JMA xaritasida mamlakatning shimoli-sharqiy qirg‘oqlari, jumladan Ivate va Miyagi prefekturalari havorang bilan belgilangan – bu esa balandligi 1 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar xavfi mavjudligini bildiradi.

Qirg‘oqbo‘yi hududlari aholisi dengizdan uzoqda bo‘lish va ehtimoliy takroriy silkinishlarga tayyor turishlari tavsiya etilgan.

“Kimki hozir okeanda bo‘lsa, darhol suvdan chiqib, qirg‘oqdan uzoqlashishi kerak”, deydi Yaponiya meteorologiya agentligining zilzila va sunami oqibatlariga qarshi chora-tadbirlarni rejalashtirish bo‘yicha mas’uli Sindzi Kyomoto.

Hozircha vayronagarchiliklar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning g‘arbida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya tsunami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing