Yaponiyada yo‘qolgan qaychi sabab reyslar bekor qilindi
Olam
−
21 avgust
11787Yaponiyada do‘kondan qaychi g‘oyib bo‘lgani sababli mamlakat aeroportida 36 parvoz bekor qilindi, 201 reys kechiktirildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 17 avgust kuni ertalab Xokkaydo prefekturasining yangi Titose aeroporti ichki reysning jo‘nash joyidagi do‘kondan yo‘qolgan qaychi bilan bog‘liq xavotir tufayli bir necha soat xavfsizlik xizmati tintuvlari o‘tkazilgan va buning oqibatida yuzlab sayohatchilar bilan tartibsizliklar yuzaga kelgan.
Bildirilishicha, potensial terrorchi qaychini olib, samolyot bortida qurol sifatida ishlatishi mumkinligi haqida xavotirlar bo‘lgan.
“Katta tirbandlik va navbatlar yuzaga keldi, chunki jo‘nash zalida yo‘lovchilar xavfsizlik xizmatidan qayta o‘tishga majbur bo‘ldi. Rasmiylar yo‘qolgan buyumni topishga urinib ko‘rdi, qaychi esa ertasi kuni o‘sha do‘konning o‘zidan topildi”, deydi voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs.