Yaponiyada vazirlar birin-ketin ishdan ketyapti
Olam
−
14 dekabr 2023
12032Yaponiyada vazirlar firibgarlik mojarosi ortidan birin-ketin iste’foga chiqyapti. Bu haqda "Kiodo Tsusin" axborot agentligi xabar qildi.
Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida hukumatini yangilamoqda. Chunki hukmron partiyadagi yirik korrupsiya mojarosi bir qancha vazirlarni, jumladan, yaqin ittifoqchi va hukumat matbuot kotibi Xirokadzu Matsunoni iste’foga chiqarishga majbur qilgan.
Rasmiy unvoni Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi bo‘lgan Matsuno payshanba kuni Iqtisodiyot va sanoat vaziri Yasutosi Nisimura lavozimini tark etishidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Yaponiyaning hukmron partiyasi foydasiga davlat xayriyalarining o‘g‘irlanishi ehtimoli bilan bog‘liq siyosiy mojaro Kisida ma’muriyatini tezda tugatishi mumkinligi avvalroq xabar qilingan edi.
Yaponiyada siyosiy faoliyat uchun xayriya yig‘ish amaliyoti qonuniydir va boshqa narsalar qatori bu partiya tadbirlariga chipta sotishni ham o‘z ichiga oladi. Biroq bunday faoliyat uchun qonuniy cheklovlar mavjud va olingan summa moliyaviy hisobotda to‘liq qayd etilishi kerak.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan hafta Yaponiya Bosh vaziri lavozimidan ketishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi