Yaponiyada vahshiyona ommaviy qotillik sodir etildi
Olam
−
18 iyul 2019
11068Yaponiyaning Kioto shahrida vahshiy jinoyat sodir etildi. Erkak anime studiyasiga bostirib kirib, yonuvchan suyuqlik sepib, yoqib yubordi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Yong‘in natijasida 28 kishi halok bo‘ldi va 30 nafardan ortig‘i jarohatlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak binoga “O‘llaring”, deb baqirib, kirgan. Politsiya xodimlari jinoyatchini qo‘lga olgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, uning qo‘l va oyog‘i kuyib, hozirda shifoxonaga yotqizilgan.
Qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettiryapti.