Yaponiyada o‘zbekistonlik erkak maktab o‘quvchisiga shilqimlik qilgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Yaponiyada erkak avtobusda o‘rta maktab o‘quvchisiga 30 daqiqadan ko‘proq vaqt mobaynida shilqimlik qilib kelishda gumonlanib qo‘lga olindi.

Olib borilgan tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

“Sentyabr oyida H.M. Tokioning Edogava tumanida harakatlanayotgan Toei avtobusida o‘rta maktab o‘quvchisiga nisbatan axloqsiz harakatlar qilganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, u avtobusda yetarlicha bo‘sh o‘rindiqlar bo‘lishiga qaramay, atayin o‘quvchi qizning yonida o‘tirgan va unga tegajog‘lik qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik erkakning hibsga olingani tasvirlangan videolar tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya o'zbekistonlik erkak maktab o'quvchisiga shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing