Yaponiyada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi sxema ishga tushirildi
Bu qiziq
−
22 may 2020
3394Yaponiya banki (YAB, Yaponiyada Markaziy bank – tahr) kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi rejani tasdiqladi. Tegishli qaror bugun, 22 may kuni YABning favqulodda yig‘ilishidan keyin qabul qilindi.
Xususan, bank tadbirkorlarga kredit beradigan tashkilotlarga 100 milliard iyen (929 million dollar) miqdorida foizsiz kreditlar beradi. Ular orqali kichik va o‘rta biznes, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar foizsiz va garovsiz kredit olishlari mumkin. Sxema kelasi yilning martigacha amal qiladi.
Aprel oyida Yaponiya Banki koronavirus tufayli davlat zayomlarini sotib olishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi. Bundan tashqari, tartibga soluvchi korporativ obligatsiyalar va tijorat kompaniyalarining aksiyalarini har yili sotib olish uchun chegarani 7,4 trilliondan 20 trillion iyenga (187 milliard dollar) kengaytirdi. Bu pandemiyada biznesni yuritishdagi qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan tashkilotlarga o‘z faoliyati uchun qo‘shimcha mablag‘ yig‘ishni osonlashtirishi uchun amalga oshirildi.
Bundan tashqari, YAB pul-kredit siyosatini yumshatdi va ETF birja fondi bilan operatsiyalar hajmini ikki baravar oshirdi - 12 trillion iyenga (112 milliard dollar).