Yaponiyada tabiiy tishlar uchinchi marta chiqishi uchun dori kashf qilindi

Salomatlik

image

Yapon olimlari inson hayoti davomida uchinchi marta tabiiy tishlarga ega bo‘lishi uchun kashfiyot ustida ish olib bormoqda. Bu haqda “Newsyou” nashri xabar berdi.

Inson hayoti davomida biologik jarayon natijasida ikki marotaba tabiiy tishlarga ega bo‘ladi. Biroq Yaponiya tadqiqot guruhi odamlarga yangi tishlarni o‘stirishga imkon beradigan dori ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishdi.

“Yangi tishlarni o‘stirish g‘oyasi har bir tish shifokorining orzusidir. Men aspirant bo‘lganimda bu ustida ishlaganman. Men buni qila olishimga amin edim”, dedi tadqiqot guruhi rahbari Katsu Takaxashi.

Yapon olimlari o‘z tadqiqotlarida ma’lum bir genni kashf qildi. USAG-1 deb nomlangan ushbu gen oqsilni sintez qiladi va bu tishlarning o‘sish jarayonini cheklaydi. Tadqiqot guruhi oqsil funksiyasini blokirovka qila oladigan neytrallashtiruvchi antikorni ishlab chiqdi. 2018 yilda o‘tkazilgan tajribalarda tishlari juda kam bo‘lgan sichqonlarga dorilar berildi, natijada ular yangi tishlarga ega bo‘ldi. Preparat sassiqko‘zanlarda sinab ko‘rilganda esa, old tishlar orasida bir xil shakldagi yangi 7 ta tish o‘sib chiqqan. Shu sababli olimlar dori uchinchi avlod tishlarining shakllanishiga olib kelgan, deya xulosa qildi.

Hozirda preparatni insonlarda sinab ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Uning tanaga zararli ta’sir ko‘rsatmasligi tasdiqlangandan so‘ng, u anodontiya – tishlarning to‘liq bo‘lmasligi bilan og‘rigan 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashda ishlatiladi.

Tajribalar muvaffaqiyatli yakunlansa, odamlar protezlardan xalos bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu sut va oziq tishlaridan so‘ng uchinchi tishlar to‘plami hisoblanadi.

Preparatning klinik sinovlari 2024 yil iyul oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya tabiiy tishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing