Yaponiyada maktab avtobusi YTHga uchradi
Olam
−
04 iyun 2019
3215Hodisa oqibatida 17 nafar o‘quvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Bugun, 4 iyun kuni Yaponiyaning Totigi prefekturasida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus yo‘lda beshta yengil mashina bilan to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuv natijasida 17 kishi jiddiy jarohatlangan, ularning 15 nafari kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari bo‘lishgan. O‘quvchilar yaqin hududdagi shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirgi paytda huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
LiveBarchasi