Yaponiyada kuchli qor bo‘ronidan ogohlantirildi
Olam
−
10 fevral 2023 4413 1 daqiqa
Bugun, 10 fevral kuni Yaponiya meteorologiya boshqarmasi Tokio hududida kuchli qor bo‘ronidan xavfidan ogohlantirdi. Yog‘ingarchilik kun davomida kuzatilib, mamlakatning asosiy Xonsyu oroli janubiy qirg‘og‘ining kengroq hududlariga ham cho‘zilishi mumkin. Bu haqda boshqarma ma’lumotiga tayanib, TASS xabar berdi.
Bunday ogohlantirish o‘tgan yilning yanvar oyidan beri birinchi marta e’lon qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kun davomida Tokioda 10 santimetrdan ortiq qor yog‘adi, bu esa transportlar harakatida jiddiy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Tokioda qor yog‘ishi kuchaygani sababli tezyurar avtomobil yo‘llarining hududlari to‘sib qo‘yilgan. Poytaxtdan Xonsyu orolining shimoli-sharqiga olib boruvchi tezyurar temir yo‘l liniyasining ayrim uchastkalarida ham harakat to‘xtatildi.
Live
Barchasi