Yaponiyada koronavirusdan basseynda himoya qiladigan niqob ixtiro qilindi (foto)
Bu qiziq
−
07 iyun 2020 7624 1 daqiqa
Yaponiyaning Konami Sports kompaniyasi koronavirusdan basseynda himoya qiladigan niqoblar ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda kecha, 6 iyun kuni “Asaxi” gazetasi ma’lum qildi.
Niqoblardan suzish maktablarida foydalanish rejalashtirilgan. Chunki u yerda murabbiylar baland ovozda mashg‘ulot o‘tishadi va bolalarni suvda o‘zlarini tutishga o‘rgatishadi.

O‘nta niqobdan iborat to‘plamning bahosi 29 ming iyena yoki 260 dollarga baholandi.
Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyada basseynlar 1 iyundan o‘tkaziladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada 17 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 915 bemor undan vafot etgan bo‘lsa, 14,9 ming kishi davolangan.
Avvalroq, Reebok sport markasi nafaqat atmosferadagi zararli zarralardan himoya qiladigan, balki egalarini kislorod miqdori va boshqa hayotiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida xabardor qilib turadigan uchta prototip niqobni ishlab chiqqan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust