Yaponiyada g‘oyib bo‘lgan sportchi, og‘ir hayot tarzi sabab qochib ketgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Uganda delegatsiyasi tarkibida Yaponiyaga borgan 20 yoshli Yuliy Sekitoleko tezyurar poyezdda qochib ketgani ma’lum bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi, mamlakatga qaytishni istamasligi haqida maktub yozib qoldirgan. Bunday qarorga kelishiga u yerdagi og‘ir hayot tarzi sabab bo‘lgan. Yuliy o‘z delegatsiyasi a’zolaridan yuklarini rafiqasiga berishlarini so‘ragan.

Og‘ir atletikachining yo‘qolishi koronavirus uchun test topshirish vaqtida aniqlangan. Sportchi mehmonxonada bo‘lmagan. Keyinchalik esa, Yaponiyada tezyurar poyezdga chipta sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

Sekitoleko Uganda terma jamoasi bilan birgalikda musobaqa oldidan tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Izumisano shahriga kelgan. Sportchi Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchilari qatoriga kiritilmagan va 20 iyul kuni o‘z vataniga qaytishi kerak bo‘lgan.

Avvalroq, Izumisano shahri (Osaka prefekturasi) ma’muriyati politsiya bilan birgalikda Sekitolekoni qidirish ishlarini davom ettirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Tokio-2020 Yuliy Sekitoleko Uganda .

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing