O‘zbekiston-Yaponiya o‘yiniga hakam tayinlandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining final o‘yinini eronlik FIFA referisi Moud Bonyadifard boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Bonyadifardga qanotlarda hamyurtlari Sayed Gasemi va  Alirizo Ildorom yordam beradi. Qatarlik Abdulla al-Marri bahsning rasmiy 4-hakami etib tayinlandi. Yana bir qatarlik hakam Zaxi al-Shammori esa zaxira hakami o‘rinbosari sifatida qayd etildi.

Video assistent referida (VAR) avstraliyalik Robert Evans ishlaydi. Unga xitoylik Shen Yinxao yordam beradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Yaponiya o‘yini 3 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi. Uchrashuvga Doha shahridagi Jassim Bin Hamad stadioni mezbonlik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev finalda ishtirok eta olmasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yaponiya Moud Bon'yadifard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing