Yaponiyada asli o‘zbekistonlik ayol deputatlikka saylandi
Bu qiziq
−
25 aprel 2023 18198 1 daqiqa
37 yoshli o‘zbekistonlik Orzugul Boboxo‘jayeva Tokio shahridagi Setagaya tuman assambleyasiga deputat etib saylandi. Bu haqda u Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Orzugul Boboxo‘jayevaning nomzodi Yaponiya Konstitutsiyaviy-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan. Joriy yilning 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovning yakuniy bosqichida o‘zbekistonlik ayol 6771 ovoz to‘plagan.

Ma’lumot o‘rnida, Setagaya Tokio shahrining 23 ta tumani ichida eng aholisi zich joylashgan va ikkinchi yirik tumani hisoblanadi.

Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust