Yaponiyada 27 kishi yong‘inda halok bo‘ldi

Olam

image

Yaponiyaning Osaka shahrida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 27 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda “Kyodo” xabar bermoqda.

Yong‘in shahar vokzali yaqinida joylashgan binoning to‘rtinchi qavatida boshlangan. Favqulodda xizmatlar yong‘in haqida soat 10:20 da xabar topgan va 25 daqiqadan so‘ng u o‘chirilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 27 kishining “yurak va o‘pkasi to‘xtab qolgan”. “Reuters”ning aniqlik kiritishicha, Yaponiyada shifokorning rasmiy xulosasidan oldin o‘lim holatini shu tarzda tasvirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing