Yaponiya va Amerika Xitoy ortidan qo‘shma mashg‘ulot boshladi

Olam

image

Bugun, 28 avgust kuni Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kumamoto prefekturasining Yamato shahrida otish amaliyoti bilan yapon-amerika qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 sentyabrigacha davom etadigan mashg‘ulotlarda Yaponiyaning 1400 ga yaqin quruqlikdagi o‘zini-o‘zi mudofaa qo‘shinlari va 700 ga yaqin AQSH harbiylari ishtirok etadi. 

Bugun jurnalistlarga ikki davlatdan 150 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etgan otishma amaliyoti namoyish etilgan. Mashqlar davomida harbiylar Amerikaning  “Javelin” tankga qarshi raketa tizimlaridan 2 ming metrgacha  bo‘lgan masofadagi ob’ektlarni yo‘q qilishni ishlab chiqqan.

Telekanalning qayd etishicha, “Javelin” majmualari birinchi marta Yaponiyadagi mashg‘ulotlarda qo‘llanilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy Tayvan atrofida davomli ravishda harbiy mashg‘ulot o‘tkazib kelmoqda.

Xususan, 2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi, bu esa Pekinning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi va bunga javoban orol atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. 

14-15 avgust kunlari esa senator Ed Marki (Massachusets shtati) boshchiligidagi delegatsiya Tayvanga keldi. Uning ortidan ham orol atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Keyinchalik 25 avgust kuni Tennessi shtatidan respublikachi AQSH senatori Marsha Blekbern Tayvanga keldi. Xitoy Blekbernning tashrifiga munosabat bildirib, AQSH Tayvan bo‘g‘ozi mintaqasida tinchlik bo‘lishini istamasligini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing