Yaponiya tabiiy ofat girdobida: Bir kunda 40 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Yaponiyaning janubi-g‘arbiy oroli Kyusyuda kuchli yomg‘ir oqibatida daryolar toshib, ko‘chkilar yuz berdi. Oqibatda kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni NHK telekanali xabar bermoqda.

O‘lim holati ravsmiy ravishda 24 kishida tasdiqlandi, yana 16 kishi yurak va o‘pka faoliyati to‘xtashidan vafot etdi. Qurbon bo‘lganlarning 14 nafari Kumamoto prefekturasidagi qariyalar uyi yashovchilari bo‘lib. Ular suv ostida qolib ketgan. Shuningdek, 12 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilmoqda, ularni qidirish hamon davom etmoqda.

Kumamoto prefekturasi tabiiy ofat ta’siridan eng ko‘p zarar ko‘rdi. U yerda toshqin taxminan 1000 gektar maydonda qayd etilgan. Hozirda 1,5 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan. Daryolarning toshishi va ko‘chkilar elektr liniyalarining uzilishiga olib keldi, shuning uchun Kumamoto shahrida 4,7 mingta uy elektr ta’minotisiz qolmoqda.

Yaponiya Meteorologik boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 6 iyul kuni kuchli yog‘ingarchilik Kyusyuda davom etadi. Shu bilan birga, asosiy siklon sharqdan Sikoku oroli hududiga ko‘chib o‘tdi, bu yerda kuniga 300 mm yog‘ingarchilik yog‘ishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing