Yaponiya parranda grippi sababli bir millionta tovuqni yo‘q qiladi

Olam

image

Yaponiyaning Tiba prefekturasida parranda grippi avj olgani sababli bir millionga yaqin tovuqni yo‘q qilishga qaror qilindi. Ushbu gripp turi juda zaharli ekani aytilmoqda. Bu haqda "MIR 24" xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, yuqumli kasallik "o‘chog‘i" Isumi shahridagi parrandachilik fermasida aniqlangan. 

Qayd etilishicha, Tiba 2020 yilda ushbu kasallik avj olgani aniqlangan Yaponiyadagi 13-prefektura bo‘lgan. 

Shuningdek, yuqumli kasallik ushbu mavsumda birinchi marta poytaxt prefekturasi bilan chegaradosh hududda aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada joriy yil noyabr oyining boshlarida parranda grippi epidemiyasi qayd etilgan edi. Shu sababli, butun mamlakat bo‘ylab allaqachon uch millionga yaqin tovuq yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya parranda grippi

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing