Yaponiya klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazishdan bosh tordi

Sport

image

Yaponiya 2021 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.

“Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida, yangi koronavirus tarqalishining hozirgi holatidan kelib chiqib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini Yaponiyada o‘tkazmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda. 

Hozirda FIFA tomonidan Yaponiya o‘rniga mezbonlik qiluvchi mamlakat e’lon qilinishi kutilmoqda.

Musobaqada yetti klub ishtirok etadi, ular orasida Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi “Chelsi” (Angliya), Okeaniya mintaqasi g‘olibi “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya) Afrika Chempionlar ligasi g‘olibi “Al-Ahli” (Misr) jamoasi bor. Qolgan 4 klub (KONKAKAF, Osiyo chempionlar ligasi, Libertadores kubogi g‘olibi va mezbon mamlakat chempioni)

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati har yili o‘tkaziladi, unda asosan qit’a chempionatlarining olti g‘olibi va mezbon mamlakatning eng yaxshi klubi ishtirok etadi. Oldingi jahon chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan va 2021 yil 4-11 fevral kunlari bo‘lib o‘tgandi. 

Unda Germaniyaning “Bavariya” klubi Meksikaning “Tigres” jamoasi ustidan g‘alaba qozongan. 

Turnir 2000 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Ispaniyaning “Real” klubi musobaqada eng ko‘p – to‘rt marta g‘olib bo‘lgan. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida atigi 4 bor Yevropadan bo‘lmagan jamoa g‘olib bo‘lgan: “Korintians” (2000, 2012), “San-Paulu” (2005) va “Internasonal” (2006).


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya FIFA Klublar o'rtasida Jahon chempionati

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing