Yaponiya iqtisodiyoti bahorgi allergiya tufayli milliardlab dollar yo‘qotdi

Olam

image

Yaponiya iqtisodiyoti joriy yilning yanvar oyidan martigacha sadr va ignabargli daraxtlarning gulchanglariga aholining allergiyaga chalinishi tufayli 383,1 milliard iyen (2,7 milliard dollardan ortiq) zarar ko‘rdi. Bu haqda Daiichi Life sug‘urta kompaniyasi qoshidagi Iqtisodiy tadqiqotlar instituti hisob-kitoblariga tayanib, “Nikkei” gazetasi xabar berdi.

Tadqiqot muallifi Tosixiro Nagahama iqtisodiy yo‘qotishlar yapon aholisi bahorda asosan o‘z uylarida ovqatlangani bilan bog‘liq, deb taxmin qildi. Shu munosabat bilan umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar tarmoqlarining daromadlari kamaygan, shuningdek, transport oqimlari qisqargan.

Yaponiyada pollinoz (allergik kasallik) “milliy xastalik” deb ataladi. Bu ko‘zlarda, shuningdek, quloq kanallarida burun oqishi, aksirish va qichishishga olib keladi. Millionlab fuqarolar bahorda allergiyadan aziyat chekadi. Yapon sadri daraxtining changlanishi kuchli allergiya qo‘zg‘atadi va uning alomatlari bir necha oy davom etishi mumkin.

Bu kabi holatlar Yaponiyada jiddiy muammo sanaladi. Hukumat bunga qarshi bir necha choralar ko‘rishga uringan. Xususan, joriy yilning may oyida hukumat mamlakat aholisini pollinozdan xalos qilish uchun kelgusi 30 yil ichida daraxt gulchanglari chiqindilarini ikki baravar kamaytirishga va’da bergan edi. Qayd etilishicha, o‘n yil ichida yosh sadr daraxtlarining 90 foizdan ortig‘i o‘rnini kamroq gulchang hosil qiluvchi turlarga almashtirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing