Yaponiya G7 doirasida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar taklif qildi

Olam

image

Bu yil G7 ga raislik qilayotgan Yaponiya Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni taklif qilmoqchi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Tokiodagi matbuot anjumanida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi.

“Rossiyaga qarshi sanksiyalarga kelsak, men G7 doirasida ularga nisbatan yangicha yondashuvni belgilab bermoqchiman”, deydi Kisida. 

Shu bilan birga, Yaponiya Bosh vaziri uchinchi davlatlarning Rossiyaga harbiy yordamini to‘xtatishga intilishini bildirgan. Biroq u gap qaysi davlat haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. 

Kisida jurnalistlarning agar Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatsa, Yaponiya unga qarshi ham sanksiyalar kiritishga tayormi, degan savoliga aniq javob berishdan qochib, tegishli choralar G7 doirasida ishlab chiqilishini bildirgan.

Yaponiya hukumati rahbari bugun, 24 fevral kuni kechqurun G7 yetakchilarining joriy yildagi ilk onlayn muzokaralari bo‘lib o‘tishini, unda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoyni diqqat bilan kuzatib borayotgani, uning Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘rib chiqayotgani alomatlarini payqaganini aytgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing