Yaponiya chet elliklar uchun to‘liq yopildi
Olam
−
13 yanvar 2021
4082Yaponiya Hukumati dunyoda aniqlangan koronavirus mutatsiyalari sababli chet elliklarning mamlakatga kirishini butunlay taqiqladi. Mamlakatda, hattoki ishbilarmonlar uchun migratsiya imtiyozlari ham bekor qilingan. Bu haqda "NHK" telekanaliga asoslanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, koronavirusning yangi turlari kashf etilgani munosabati bilan Yaponiya Hukumati 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil yanvar oyining oxirigacha dunyoning barcha mamlakatlari va mintaqalari fuqarolariga yangi vizalar berishni to‘xtatgan.
Hozirda mamlakatga Yaponiyada doimiy yashovchi va uzoq muddatli vizalari bo‘lgan fuqarolar va chet elliklar tashrif buyurishi mumkin.
Shuningdek, rasmiylar tegishli ikki tomonlama shartnomalar amal qilayotgan (Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam, Singapur, Malayziya va boshqalar) 11 ta mamlakat va mintaqalar ishbilarmonlari uchun migratsiya imtiyozlari ta’sirini to‘xtatishga qaror qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada pandemiya boshlanganidan beri koronavirusga chalingan 300 mingdan ortiq bemor qayd etilgan. 3 ming 962 nafar bemor vafot etgan.