Yaponiya Bosh vaziri o‘g‘lining mansabdorlar bilan ovqatlangani uchun uzr so‘radi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga o‘g‘lining mamlakat Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi vakillari bilan kechki ovqatda qatnashgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda “Tokyo Shimbun” nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligining to‘rt nafar rahbari  Bosh vazir Yosixide Suganing “Tohokushinsha Film” telekompaniyasida ishlaydigan to‘ng‘ich o‘g‘li bilan ovqatlangan. Seygo Suga rasmiylarning ovqatlanishi uchun to‘lovlarni o‘zi to‘lagan va telekompaniya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Tokioda Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, unda mansabdor shaxslarning odob-axloq qoidalarini buzish masalalari muhokama qilingan.

“Mansabdor shaxslarning odob-axloq qoidalarining buzilishiga olib kelgan harakatlarida o‘g‘limning ham ishtirok etgani uchun uzr so‘rayman”, deydi Bosh vazir.

Ma’lumot uchun, Bosh vazirning o‘g‘li Seygo Suga “Tohokushinsha Film” telekompaniyasida ishlaydi, unga sun’iy yo‘ldosh orqali efirga chiqish litsenziyasi Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan beriladi.

Portalning xabar berishicha, Seygo Suga 2016 yildan beri kamida 12 marotaba mansabdorlar bilan ovqatlanib, ularga sovg‘alar hadya qilgan. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, hukumat amaldorlari manfaatdor tomonlardan biron bir sovg‘a yoki xizmatni qabul qilishi mumkin emas.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri karantin cheklovlariga qaramay tungi klublarga tashrif buyurgan amaldorlar uchun uzr so‘ragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing