Yaponiya aholisi rekord darajada qisqardi

Olam

image

Yaponiyada 2024 yilda aholi soni rekord darajada pastlab, 900 ming kishiga kamaydi, shu bilan birga, xorijlik rezidentlar soni rekord darajada oshdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 2009 yilda 126,6 million kishiga yetganidan beri aholi soni 16 yil davomida ketma-ket kamayib bormoqda. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2026 yilga borib Yaponiya aholisi 120 milliondan kam bo‘ladi.

Yaponiya hukumati tomonidan e’lon qilingan hujjatda, shuningdek, chet ellik rezidentlarning o‘sishi 350 000 dan ortiq kishini tashkil etgani, ularning 20 foizi Tokioda ekani ko‘rsatilgan. Shunday qilib, Tokio aholi sonining 0,13 foizga oshgani haqida xabar bergan yagona joy bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Yaponiyada jami 120,6 million aholi istiqomat qiladi, ulardan 3,7 millioni xorijliklardir.

Yaponiya hukumati demografik tanazzulga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirmoqda: 2024 yilda oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 5,3 trillion iyena (taxminan 34 milliard dollar) ajratilgan – bolalar nafaqasi, bepul ta’lim va bola parvarishida yordam.

Tokio turmush qurish niyati bilan tanishish uchun hukumat ilovasini ishga tushirmoqda. Yaponiya hukumati ish haftasini to‘rt kunga qisqartirish va ota-onalar uchun yangi imtiyozlar joriy etish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, 20 iyul kuni Yaponiya parlamenti yuqori palatasiga saylovlar yakuniga ko‘ra, hukmron koalitsiya, jumladan, migratsiya bilan bog‘liq muammolar tufayli ko‘pchilikni yo‘qotgan edi. Ayni paytda muxolifat kuchlari, jumladan, o‘ng qanot populist “Sanseyto” partiyasi immigratsiya qonunlarini kuchaytirishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

aholi Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing